» » Butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 milliondan oshdi

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 milliondan oshdi


Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 15 million nafardan oshdi. Bu haqda onlayn tarzda hukumatlar bergan ma’lumotlar va rasmiy manbalar axboroti asosida statistikani taqdim etib borayotgan AQShning Jons Hopkins universiteti ma’lum qilgan.

Universitet statistikasi bo‘yicha Toshkent vaqti bilan soat 22:50 holatiga ko‘ra qariyb 617 902 nafar odam COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.

So‘nggi paytlarda kasallanishlar soni butun dunyoda keskin oshib bormoqda. Kuniga 230-240 mingta yangi kasallanish holati qayd etilmoqda. Iyul boshida kuniga 180-190 mingta yangi holat qayd etilayotgandi.

COVID-19 bilan kasallangan kishilar eng ko‘p bo‘lgan davlat hali ham AQSh bo‘lib turibdi, bu yerda 3,9 milliondan (3 919 550) ortiq kishida kasallik aniqlangan. Keyingi o‘rinlarni Braziliya (2 159 654), Hindiston (1 193 078) va Rossiya (787 446) egallab turibdi.

2020-yil 1-iyul kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 13 million nafardan oshgani, 18-iyulda 14 million kishidan oshgani, bir kundan keyin, 19-iyulda esa jahonda koronavirusdan vafot etganlar soni 600 ming nafardan oshgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют