» » Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6 milliondan oshib ketdi

Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6 milliondan oshib ketdi


Butun dunyoda yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning soni 6 million nafardan oshib ketdi, 367 ming kishi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda federal va mahalliy hukumatlar, OAV hamda boshqa manbalarga asoslanib statistik ma’lumotlar taqdim etib kelayotgan Jons Hopkins universiteti xabar berdi.

Universitet ma’lumotlari bo‘yicha 31-may holatiga ko‘ra butun dunyoda 6 million 3 ming 762 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, kamida 367 ming 356 bemor infeksiya asoratlari tufayli vafot etgan.

Eng ko‘p kasallanish holati AQShda kuzatilgan, u yerda 1 million 760 ming 740 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan, 103 ming nafardan ko‘proq odam kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: JSST vakili COVID-19 bilan kasallanish ikkinchi marta o‘z cho‘qqisiga chiqishi mumkinligini bildirdi

29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan oshgani, 21-mayda esa kasallanganlarning soni dunyo bo‘yicha 5 milliongan ortib ketgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют