» » Dunyoda koronavirusdan tuzalganlar soni 1,5 mln kishidan oshdi

Dunyoda koronavirusdan tuzalganlar soni 1,5 mln kishidan oshdi


Butun dunyoda 1,5 milliondan ortiq kishi koronavirusdan tuzalishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 kasalligidan 1 502 620 kishi tuzalgan. Kasallik oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 292 311 kishiga yetgan. Kasallanganlarning umumiy soni 4 278 180 kishini tashkil qilmoqda.

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSh birinchi o‘rinda turibdi. AQShda 1,35 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 80 mingdan ko‘proq bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan, 233 ming kishi koronavirusdan tuzalgan.

Rossiya mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 242 271 kishiga yetdi. Koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 48 ming kishidan oshdi. Pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 2212 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Eron hukumati COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostiga olinganini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 19) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют