» » Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2 milliondan oshdi

Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2 milliondan oshdi


15-aprel holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni ikki million nafardan oshdi. Bu haqda koronavirus bo‘yicha statistikani taqdim qilib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumot bergan.

Jahonda jami 128 ming kishi koronavirusdan vafot etgan. 500 ming nafar odam kasallikdan tuzalgan.

COVID-19 bilan kasallanish soni bo‘yicha AQSh (610 ming kishi) yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinlarda Ispaniya (178 ming kishi), Italiya (162 ming kishi), Germaniya (132 ming kishi), Fransiya (131 ming kishi), Buyuk Britaniya (95 ming kishi) va Xitoy (83 ming kishi) bormoqda.

O‘lganlar soni bo‘yicha ham AQSh 1-o‘rinni egallagan (26 ming kishi), keyingi pog‘onalardan Italiya (21 ming kishi), Ispaniya (18 ming kishi), Fransiya (15 ming kishi) va Buyuk Britaniya (12 ming kishi) joy olgan.

Rossiyada 15-aprel tongida berilgan axborotga ko‘ra, 24 490 nafar odamda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan, 198 nafar kishi vafot etgan, 1986 nafar bemor kasallikdan tuzalgan.

O‘zbekistonda esa 15-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 27 nafarga oshib, 1302 kishiga yetgan, COVID-19 dan tuzalganlar soni soat 18:00 holati bo‘yicha 107 kishini tashkil qilmoqda. O‘tgan vaqt davomida koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etgan. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют