» » Koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 1 mln kishidan oshdi

Koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 1 mln kishidan oshdi


Dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olingan holatlar soni bir milliondan oshdi. Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan beri 2-aprel holatiga 1 002 859 kishida kasallik aniqlangan.

210 mingdan ortiq bemor sog‘ayib ulgurgan, 51,3 ming kishi esa koronavirusdan vafot etgan.

Ma’lumot uchun, koronavirusga chalingan bemorlar soni 6-mart kuni 100 ming kishidan, 18-mart kuni 200 ming kishidan, 26-mart kuni esa 500 ming kishidan oshgan edi.

Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSh (236 mingta), Italiya (115 mingta), Ispaniya (100 mingta), Germaniya (84 mingta) va Xitoyda (82 mingta) qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 205 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 25 nafari sog‘aygan, ikki nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют