» » Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 31 mingdan oshdi, 680 mingga yaqin odam kasallangan

Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 31 mingdan oshdi, 680 mingga yaqin odam kasallangan


Dunyo bo‘yicha 29-mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus kasalligidan 30 848 kishi vafot etdi. Bu ma’lumot kasallik statistikasini real vaqt rejimida kuzatib borayotgan Jon Hopkins universiteti tomonidan keltirilmoqda.

Eng ko‘p o‘lim holati Italiya (10 023) va Ispaniyada (6528) qayd etilgan. Kasallikning eng birinchi o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda esa 3300 dan ortiq kishi vafot etgan.

Butun dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 678 720 kishiga yetgan, ulardan 145 mingdan ortig‘i sog‘aygan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 29-mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatiga 133 kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning ikki nafari vafot etgan, yetti nafari sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют