» » Koronavirus yuqtirib olganlar soni butun dunyoda 500 mingdan, kasallik tufayli vafot etganlar 23 ming kishidan oshdi

Koronavirus yuqtirib olganlar soni butun dunyoda 500 mingdan, kasallik tufayli vafot etganlar 23 ming kishidan oshdi


Jon Hopkins Universiteti ma’lumotlariga ko‘ra virus infeksiyasining oqibatida vafot etganlar soni 23 ming nafardan, butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni esa 500 ming kishidan oshgan. Ushbu ma’lumotlar turli mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimlari tomonidan berilgan axborotlarga asoslangan.

27-mart Toshkent vaqti bilan soat 01:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 521 086 nafarga yetgan. COVID-19 yuqtirib olganlarning umumiy soni bo‘yicha Xitoy yetakchi bo‘lib turibdi – 81,7 mingta holat kuzatilgan. Keyingi o‘rinda Italiya bormoqda va u yerda kasallikni yuqtirib olish bo‘yicha 80,5 mingta holat qayd etilgan. AQSh 75,2 ming nafar bemor bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Infeksiya oqibatida butun dunyoda 23 568 nafar odam vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha Italiya birinchi bo‘lib turibdi — 8215 nafar odam infeksiyadan vafot etgan. Keyingi o‘rindagi Ispaniyada koronavirus tufayli 4145 kishi olamdan o‘tgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют