» » AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 40 mingdan oshib ketdi

AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 40 mingdan oshib ketdi


AQShda COVID-19 koronavirusidan vafot etganlar soni 40 ming nafardan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti taqdim etgan statistik ma’lumotlarda qayd etilgan. Universitet axborotlari federal hamda mahalliy statistika, shuningdek, boshqa manbalarga asoslangan.

Universitet bergan ma’lumotlarga asosan 20-aprel Toshkent vaqti bilan 00:30 holatiga ko‘ra, AQShda koronavirusdan o‘lgan bemorlarning umumiy soni 40 ming 585 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning umumiy soni esa 742 ming nafardan oshib ketgan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 735 287 kishini tashkil etgani, mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni bir sutkada 1800 kishiga ortib, 39 090 kishiga yetgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni koronavirus tarqalishini butun dunyoda pandemiya darajasiga chiqqanini bildirgan. Butun dunyoda 2,3 milliondan ko‘proq kishida koronavirus bilan kasallanish holati kuzatilgan, 160 mingdan ortiq odamda infeksiya o‘lim holati bilan yakun topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют