» » Braziliyada dunyodagi eng yaxshi plyajlar bo‘lgan “jannatmakon orol” ochilmoqda. Unga faqat COVID-19’dan tuzalganlar kiritiladi

Braziliyada dunyodagi eng yaxshi plyajlar bo‘lgan “jannatmakon orol” ochilmoqda. Unga faqat COVID-19’dan tuzalganlar kiritiladi


Braziliyada plyajlari dunyodagi eng yaxshi deb tan olingan Fernandu-di-Noronya arxipelagi rasmiylari sayyohlar uchun ochilishga qaror qildi. Biroq buning uchun xushmanzara orolda shart qo‘yildi — dam oluvchi shaxs COVID-19’ga chalinib, tuzalgan bo‘lishi kerak.

LADbible’ning yozishicha, sayyohlar koronavirusga chalingani va butunlay sog‘ayganini isbotlashlari kerak bo‘ladi. Buning uchun orolga kelishdan 20 kun avval COVID-19’ga antitana yoki PZR testini topshirish kerak bo‘ladi.

Arxipelag administratori Gilyerme Rochaning aniqlik kiritishicha, hukumat bu yo‘l bilan orol iqtisodiyotini ko‘tarishga harakat qilmoqda.

“Ochilishning birinchi bosqichida faqat COVID-19’ni boshdan o‘tkazib tuzalgan va kasalikka immuniteti bor sayyohlar kiritiladi. Chunki ular virus yuqtirmaydi, o‘zlari ham qayta kasallanmaydi”, — deydi Rocha.

U, shuningdek, qayta kasallanish holati kamyobligini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют