» » Rossiya bosh infeksionisti koronavirusga qayta chalinish sababini ma’lum qildi

Rossiya bosh infeksionisti koronavirusga qayta chalinish sababini ma’lum qildi


Koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli kam, lekin kasallikdan tuzalgan bermorning immuniteti past yoki antitanalar yetarli miqdorda bo‘lmasa, shunday bo‘lishi ehtimoli mavjud. Bu haqda “Interfaks”ga Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti, Sechenov universiteti professori Vladimir Chulanov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bunda odam immunitet tizimining individual xususiyatlarini hisobga olish lozim.

Qayd etilishicha, avvalroq vazirlik matbuot xizmatida ham koronavirusga qayta chalinishda muayyan kishining immunitet tizimi o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Infeksiyadan himoya qiladigan barqaror uzoq muddatli immunitet vaksinalar shakllantirishi mumkinligi ta’kidlangan.

24-avgust kuni esa Gonkong universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qayta yuqtirib olish bo‘yicha dastlabki holat tasdiqlangani haqida ma’lum qildi. 33 yoshli erkakda COVID-19’ga chalinib, kasallikdan tuzalganidan to‘rt yarim oy vaqt o‘tib yana infeksiya yuqtirib olish holati kuzatilgan. Bemor birinchi marta koronavirus infeksiyasiga chalinganida unda kasallikning yengil belgilari kuzatilgan, hozirda ushbu alomatlar ham mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan olimlar COVID-19 yuqtirgan odamda keyinchalik ushbu kasallikning qaytalanishi ehtimoli qanchalik ekaniga javob qaytarish uchun yetarli darajada ma’lumotga ega emas deb aytgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют