» » JSST: Koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli juda kam

JSST: Koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli juda kam


Koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli juda kam. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris 24-avgust kuni o‘tkazilgan brifingda Gonkongda COVID-19 bilan qayta kasallanish holati aniqlanganiga izoh bera turib ma’lum qilgan.

BMT axborot xizmatining xabar berishicha, Xarris vaziyatni bo‘rttirmaslikka chaqirdi va bunday holat juda kam: 23 million kishida bitta uchrashini eslatib o‘tdi.

“Katta ehtimol bilan biz qayta kasallanish holati haqida yana eshitamiz. Biroq bu umumiy tendensiya emas, aks holda bunday xabarlar ko‘proq bo‘lardi”, — degan u.

Shu bilan birga, gonkonglik olimlar tadqiqoti ahamiyatli ekanligini qayd etdi. Ular keltirgan ma’lumotga ko‘ra, bemorda ikkinchi marta kasallik qo‘zg‘atgan COVID-19 shtammi birinchisidan farq qiladi.

Margaret Xarrisning ta’kidlashicha, Gonkongdagi ushbu voqea koronavirusga immunitet haqidagi bilimlarni o‘zgartirishi mumkin.

“Hozirda ko‘plab ilmiy guruhlar tadqiqotlar o‘tkazib, kasallikdan keyin yuzaga keladigan tabiiy immunitet qancha davom etishini bilish maqsadida tuzalib chiqqan kishilardagi antitanalarni tadqiq qilmoqda. Shuningdek, bunday immunitet vaksina ta’minlaydigan himoyadan farq qilishini ta’kidlash joiz”, —  degan u.

Eslatib o‘tamiz, 24-avgust kuni Gonkong universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qayta yuqtirib olish bo‘yicha dastlabki holat tasdiqlangani haqida ma’lum qilgandi. 33 yoshli erkakda COVID-19’ga chalinib, kasallikdan tuzalganidan to‘rt yarim oy vaqt o‘tib yana infeksiya yuqtirib olish holati kuzatilgan. Bemor birinchi marta koronavirus infeksiyasiga chalinganida unda kasallikning yengil belgilari kuzatilgan, hozirda ushbu alomatlar ham mavjud emas.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti, Sechenov universiteti professori Vladimir Chulanov koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli kam, lekin kasallikdan tuzalgan bemorning immuniteti past yoki antitanalar yetarli miqdorda bo‘lmasa, shunday bo‘lishi ehtimoli borligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan olimlar COVID-19 yuqtirgan odamda keyinchalik ushbu kasallikning qaytalanishi ehtimoli qanchalik ekaniga javob qaytarish uchun yetarli darajada ma’lumotga ega emas, deb aytgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют