» » Tramp AQShdagi tartibsizliklarni to‘xtatish yo‘lini aytdi

Tramp AQShdagi tartibsizliklarni to‘xtatish yo‘lini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp rahbariyatida demokratlar o‘tirgan shaharlardagi tartibsizliklarni faqat kuch yordamida to‘xtatish mumkinligini aytdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Demokratlar tomonidan boshqariladigan, jinoyatchilik yuqori bo‘lgan shaharlardagi zo‘ravonliklarni to‘xtatishning yagona yo‘li — bu kuch!” — deb yozgan Donald Tramp.

Prezident, shuningdek, demokratlardan bo‘lgan Portlend meri Ted Uillerni shahardagi tartibsizliklar vaqtida hech qanday chora ko‘rmaganlikda aybladi. “Hech nima qilmayotgan Portlend meri, odamlar o‘lishi va o‘z shahrining vayron bo‘layotganini jim kuzatayotgan demokrat, bunday noqonuniy vaziyat cheksiz davom etishi kerak deb hisoblamoqda. Bu xato!”, — degan Tramp va Uillerni “aqldan ozgan” va “so‘l radikalchi” deb atagan.

Trampning aytishicha, Portlend va AQShning boshqa shaharlari aholisi “qonun va tartib” xohlamoqda shahar rahbarlari — Demokratik partiya tarafdorlari esa buni ta’minlab bera olmaydi.

AQShda doimiy ravishda irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar bo‘lib turadi. So‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar 2020-yil may oyining oxirida Jorj Floydning o‘limidan keyin yuz bergan ko‘cha namoyishlari bo‘ldi. Namoyishlar mamlakatning ko‘plab shaharlarida Black Lives Matter ( “Qora tanlilarning hayoti muhim”) harakati doirasida bo‘lib o‘tdi.

Asosan tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi, biroq ba’zi namoyishlarda do‘konlarga hujumlar va koloniya davri yodgorliklariga zarar yetkazish kuzatildi. Namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Keyinroq Black Lives Matter harakati va irqchilikka qarshi norozliklar dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi.

Yangi ommaviy norozilik 23-avgust kuni Viskonsin shtatidagi Kenosha shahrida ikki nafar politsiyachi 29 yoshli qora tanli erkakka uning bolalari oldida 7 marta o‘q uzganidan keyin boshlandi, odamlar avtosalon va avtomobillarni yoqib yuborgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют