» » AQSh moliya vaziri demokratlarga Tramp deklaratsiyasini berishdan bosh tortdi

AQSh moliya vaziri demokratlarga Tramp deklaratsiyasini berishdan bosh tortdi


AQSh moliya vaziri Stiven Mnukin demokratlar vakillar palatasida prezident Donald Trampning soliq deklaratsiyasini taqdim etmasligini aytdi, deb yozadi Meduza.

The Washington Post gazetasining xabar berishicha, Mnuchin olti yil ichida Tramp deklaratsiyasini taqdim etishni so‘ragan vakillar palatasining soliq va yig‘imlar qo‘mitasining so‘rovini rad etdi.

Vazir qo‘mita rahbari demokrat Richard Nilga yozgan maktubida, bu talabni bajara olmasligini aytdi, chunki u “qonuniy maqsadga asoslanmagan”.

Richard Nil bu masala bo‘yicha advokat bilan maslahatlashganini ma’lum qildi. Ba’zi demokratlar, sud orqali deklaratsiyani olishni istashlarini aytdi. The Washington Post gazetasiga ko‘ra, sud jarayoni bir necha oy davom etishi mumkin.

Donald Tramp Richard Nikson ma’muriyatidan beri soliq deklaratsiyasini oshkor etishdan bosh tortgan birinchi prezident bo‘ldi.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, vakillar palatasining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari har qanday amerikalikning deklaratsiyasini talab qilish huquqiga ega va g‘azna kotibi so‘rovni olganidan so‘ng darhol uni taqdim etishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют