» » Buxoro magistral yo‘lida Nexia’ni quvib o‘tishga uringan Spark YTHga uchradi

Buxoro magistral yo‘lida Nexia’ni quvib o‘tishga uringan Spark YTHga uchradi


Buxoro viloyatining Gazli shossesidagi magistral yo‘lda Spark haydovchisining Nexia’ni quvib o‘tishga urinishi og‘ir oqibatga olib keldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 2020-yilning 27-avgust kuni Buxoro magistral yo‘lining 343-kilometrida sodir bo‘lgan.

Xorazm viloyatidan yo‘lga chiqqan Spark haydovchisi Sh.N. tezlikni oshirib, o‘zidan oldin harakatlanib borayotgan Nexia rusumli transport vositasini quvib o‘tishga uringan. Biroq quvib o‘tish qoidasini buzgan haydovchi avtomashinani boshqarolmay qolishi oqibatda katta tezlikda Nexia’ga urilgan.

YTH oqibatida Nexia avtomashinasidagi fuqaro P.K. og‘ir tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga yotqizilgan. Bemor og‘ir ahvolda.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda “Kamaz” va Damas ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘lgani, yana ikki nafari tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют