» » Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi

Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi


26-yanvar kuni soat taxminan 16:30 da M41 “Bishkek—Dushanbe—Termiz” yo‘lining Termiz tumani “Qoraxon” mahallasi hududidan o‘tgan 1610-kilometrida Nexia-3 va Nexia-2 avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, avariya Nexia-3 avtomobili chapga burilmoqchi bo‘lgan vaqtda, uning ortidan kelayotgan Nexia-2 avtomobili uni chap tomondan quvib o‘tishga uringani oqibatida yuz bergan.

To‘qnashuvdan so‘ng Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ag‘darilib kelgan. Hodisa oqibatida Nexia-2 salonida bo‘lgan ikki nafar ayol (ulardan biri uy bekasi, ikkinchisi esa 38-maktabning direktor o‘rinbosari edi) voqea joyida halok bo‘lgan, to‘rt yoshli A.R. esa tan jarohati olib, zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, Nexia-2 haydovchisi S.M.ga nisbatan shu kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют