» » Kingsli Koman: PSJda Neymar bor ekan, u yerga qaytishning iloji yo‘q

Kingsli Koman: PSJda Neymar bor ekan, u yerga qaytishning iloji yo‘q


“Bavariya” hujumkor yarim himoyachisi Kingsli Koman PSJga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.

Bu qiyin. Agar Neymar chap qanotda [o‘ynar] ekan... Yo‘q, buning deyarli iloji yo‘q. PSJ mening rejalarimga kirmaydi.

Menimcha, keyingi 8-9 yil davomida yuqori saviyada harakat qila olaman, shu sabab eshiklarni yopib bo‘lmaydi. Bolalikdagi xotiralarim yodimda. Ayrim noxush xotiralar ham bor, biroq men PSJdagi yaxshi xotiralarni saqlab qolganman.

PSJ har doim mening sevimli jamoam bo‘lib qoladi. Ammo u yerdan ketish qarori to‘g‘ri edi. Balki, o‘sha vaqtda ketmaganimda bu Chempionlar Ligasini yuta olmagan bo‘lardim.

Men oson bo‘lmagan tanlov qilganman, biroq o‘z salohiyatim evaziga katta klubda o‘ynab keta olishimga ishonganman.

Kingsli Koman, “Bavariya” futbolchisi

Kingsli Koman PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilda u “Yuventus”ga yo‘l oladi. “Bavariya” 2015-yilda Komanni sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi va 2017-yilning aprelida uning transfer huquqini sotib oladi.

Eslatib o‘tamiz, Komanning Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumi finalidagi PSJga urgan yagona goli “Bavariya”ga chempionlikni taqdim etgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют