» » “Bavariya” “Ayntraxt”ga javobsiz 5 ta gol urib, Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)

“Bavariya” “Ayntraxt”ga javobsiz 5 ta gol urib, Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)


Kecha, 12-avgust sanasida Germaniya Superubogi uchun bahs bo‘lib o‘tdi. Unda “Bavariya” “Ayntraxt”ga qarshi bahs olib bordi.

Bellashuvda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski xet-trikka erishgan bo‘lsa, Kingsli Koman va Tiago Alkantara esa bittadan gol urib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa “Bavariya” yangi bosh murabbiy Niko Kovach qo‘l ostidagi ilk rasmiy uchrashuvida klub tarixida Germaniya Supekubogining 7-marta sohibiga aylandi.

Klubning eng yaqin ta’qibchisi Dortmundning “Borussiya”siga esa mazkur sovrinni 2 marta yutish nasib qilgan.

Germaniya Superkubogi

12-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 21 Levandovski, 0:2 – 26 Levandovski, 0:3 – 54 Levandovski, 0:4 – 63 Koman, 0:5 – 85 Alkantara.

“Ayntraxt F”: Rennov, Salsedo, Villems, da Koshta, Abraam, de Guzman (Rebich, 64), Xasebe, Gachinovich, Torro, Fabian (Blum, 64), Aller (Yovich, 76).

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Hummels, Robben (Koman, 58), Alkantara, Martines, Riberi, Myuller (Goretska, 64), Levandovski (Vagner, 72).

Ogohlantirishlar: Hummels (45), Abraam (70)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют