» » “Bavariya” PSJni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi

“Bavariya” PSJni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining finalida PSJ va “Bavariya” jamoalari 23-avgust, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv har ikki jamoaning faolligida boshlandi. Birinchi bo‘lim yuqori tezlik o‘tdi va hujumlarga boy bo‘ldi. Biroq tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi.

59-daqiqada Kingsli Koman Yozua Kimmixning uzatmasidan keyin boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Qolgan vaqtda parijliklarda bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, biroq nemislar vaziyatni nazoratda ushlab tura oldi.

Shu tariqa “Bavariya” Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibiga aylandi.

YChL

Final bahsi

23-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 59 Koman.

PSJ: Navas, Kimpembe, Kerer, Tiago Silva, Markinos, Errera (Draksler, 72), Paredes (Verratti, 65), Di Mariya (Shupo-Moting, 80), Bernat (Kurzava, 80), Mbappe, Neymar.

“Bavariya”: Noyer, Boateng (Zyule, 25), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Alkantara (Tolisso, 86), Koman (Perishich, 68), Gnabri (Koutinyo, 68), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Devis (28), Paredes (52), Gnabri (52), Zyule (56), Neymar (81), Tiago Silva (83), Kurzava (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 02:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют