» » “Bavariya” “Lion”ni yirik hisobda taslim etib, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi

“Bavariya” “Lion”ni yirik hisobda taslim etib, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida “Lion” va “Bavariya” jamoalari 19-avgust, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv kutilmaganda “Lion” futbolchilarining faolligida boshlandi. Fransiyaliklar o‘yin debyutida raqib darvozasi oldida bir nechta golga tortadigan vaziyatlarni yaratdi. Biroq myunxenliklar 18-daqiqada ilk xavfli hujumni gol bilan yakunladi: Serj Gnabri jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi.

33-daqiqada Gnabri ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Robert Levandovski hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa “Bavariya” ikkinchi finalchiga aylandi va hal qiluvchi bahsda PSJga qarshi o‘ynaydi. Final 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

YChL

Yarim final

19-avgust, chorshanba

Gollar: 0:1 – 18 Gnabri, 0:2 – 33 Gnabri, 0:3 – 88 Levandovski.

“Lion”: Antoni Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal (Sherki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).

“Bavariya”: Noyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretska (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutinyo, 75), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42), Tiago Mendes (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 15) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют