» » PSJ “Leypsig”ni yirik hisobda mag‘lub etib, Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi (video)

PSJ “Leypsig”ni yirik hisobda mag‘lub etib, Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida “Leypsig” va PSJ jamoalari 18-avgust, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv parijliklarning qator hujumlari bilan boshlandi. 13-daqiqada Markinyos jarima zarbasidan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida nemislar darvozabonining xatosidan keyin qarshi hujumiga o‘tgan PSJ futbolchilari ikkinchi golni urdi: Anxel di Mariya Neymarning zargarona uzatmasidan keyin yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Xuan Bernat hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qolgan vaqtda parijliklar o‘yinni nazorat qildi va shu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Shu tariqa PSJ final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va hal qiluvchi bahsda “Lion” — “Bavariya” uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

YChL

Yarim final bahsi

18-avgust, seshanba

Gollar: 0:1 – 13 Markinyos, 0:2 – 42 Di Mariya, 0:3 – 56 Bernat.

“Leypsig”: Gulachi, Anxelinyo, Upamekano, Mukiyele, Klostermann (Orban, 82), Laymer (Xalstenberg, 62), Zabitser, Kampl (Adams, 64), Olmo (Shik, 46), Nkunku (Forsberg, 46), Poulsen.

PSJ: Riko, Bernat, Kimpembe, Tiago Silva, Markinyos, Paredes (Draksler, 83), Errera (Verratti, 83), Di Mariya (Sarabiya, 87), Kerer, Mbappe (Shupo-Moting, 86), Neymar.

Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Laymer (61), Xalstenberg (79), Poulsen (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют