» » “Atletiko” “Leypsig”ga yutqazib Chempionlar Ligasini tark etdi

“Atletiko” “Leypsig”ga yutqazib Chempionlar Ligasini tark etdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalida “Leypsig” va “Atletiko” jamoalari 13-avgust, payshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoada sanoqli golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, biroq tanaffusga qadar darvozalar daxlsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida oldinga o‘tgan nemislar vaziyatlarning birini golga aylantirdi: Dani Olmo qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bunga madridliklar 71-daqiqaga kelib javob qaytara oldi. Zaxiradan maydonga tushgan Joau Feliks penalti ishlab oldi va uni o‘zi golga aylantirdi. Barchasi qo‘shimcha bo‘limlar tomon ketayotgan bir vaqtda “buqalar” ikkinchi golni urishga erishdi. Tayler Adamsning zarbasidan keyin to‘p madridliklar himoyachisiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan oldi.

Shu tariqa “Leypsig” yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi va keyingi bosqchida PSJ bilan o‘ynaydi.

YChL

Chorak final bahsi

13-avgust, payshanba

Gollar: 1:0 – 50 Olmo, 1:1 – 71, penalti Joau Feliks, 2:1 – 88 Adams.

“Leypsig”: Gulachi, Halstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelinyo, Kampl, Zabitser (Mukiyele, 90), Nkunku (Aydara, 83), Laymer (Adams, 72), Olmo (Shik, 83), Poulsen.

“Atletiko”: Oblak, Lodi, Ximenes, Trippyer, Savich, Errera (Joau Feliks, 58), Koke (Felipe, 90), Saul, Ferreyra Karrasko, Lyorente, Diyego Kosta (Morata, 72).

Ogohlantirishlar: Lodi (62), Klostermann (70), Kampl (82), Aydara (87), Ximenes (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют