» » Finalda Madrid: “Atletiko” gollar shousida “Barselona”ni mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi (video)

Finalda Madrid: “Atletiko” gollar shousida “Barselona”ni mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi (video)


Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim finalida 9-yanvar, payshanba kuni “Barselona” va “Atletiko” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Birinchi bo‘lim kataloniyaliklarning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, tanaffusga qadar gol bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida madridliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi, zaxiradan maydonga qo‘shilgan Koke katalonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq “Barselona” futbolchilari bunga tezda javob qaytardi.

51-daqiqada Lionel Messi jarima maydoniga yorib kirdi va kuchli zarba bilan darvozani aniq nishonga oldi. 62-daqiqada Antuan Grizmann sobiq jamoasiga gol urgan holda “Barselona”ni oldinga olib chiqdi.

So‘nggi o‘n daqiqalik avvalida kataloniyaliklar posboni Neto o‘z jarima maydoni ichida qo‘pol harakat qildi. Belgilangan penaltini Alvaro Morata golga aylantirdi. 86-daqiqada “Barselona” futbolchilari maydon markazida to‘pni yo‘qotdi, natijada madridliklar qarshi hujumga o‘tib ketdi va Anxel Korrea birga-bir vaziyatni ko‘kka sovurmadi.

Mavzuga doir: “Real” Kroos va Modrich super gollar urgan o‘yinda “Valensiya”ni taslim qilib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi (video)

Shu tariqa “Atletiko” musobaqa finaliga yo‘llanma oldi. 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bahsda “matraschilar” “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniya Superkubogi

Yarim final bahsi

9-yanvar, payshanba

Gollar: 0:1 – 46 Koke, 1:1 – 51 Messi, 2:1 – 62 Grizmann, 2:2 – 81, penalti Morata, 2:3 – 86 Korrea.

“Barselona”: Neto, Umtiti, Alba, Pike, Serxi Roberto, de Yong (Fati, 88), Vidal, Buskets (Rakitich, 86), Grizmann, Messi, Suares.

“Atletiko”: Oblak, Lodi (Vitolo, 67), Savich, Trippyer, Felipe, Saul, Errera (Koke, 46; Lyorente, 72), Korrea, Tomas, Joau Feliks, Morata.

Ogohlantirishlar: Pike (31), Tomas (35), Suares (45), Savich (45), Felipe (64), Lyorente (72), Vidal (77), Neto (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 02:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют