» » Shavkat Mirziyoyev TTZga qadar yangi metro yo‘nalishi qurilishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev TTZga qadar yangi metro yo‘nalishi qurilishini ma’lum qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi orqali “Bodomzor” bekatidan yangi “Turkiston” bekatigacha poyezdda borish vaqtida TTZga qadar yangi yo‘nalish qurilishini ma’lum qildi.

“Buni ko‘rgan insonlarning (ikkita yangi stansiya — tahr.) kayfiyati ko‘tariladi. Oldingi metro stansiyalarida qora ranglar ko‘p va bu yo‘lovchilarga bosim tug‘diradi. Masjidlarni, Islom sivilizatsiya markazini qurishda biz yorqin ranglardan foydalanganmiz, shu sababli bu yerda ham kayfiyatni ko‘taradigan ranglar. Boshqa davlatlar bugungi kunda metro qurmay qo‘ydi, odamlar uchun sharoit yaratishga shoshilmayaoti, chunki bu juda qimmat. Biroq ishonchim komilki Toshkent aholisi bunga loyiq”, — deydi davlat rahbari (iqtibos “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan reportajdan olingan).

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, 340 ming aholiga ega Yunusobod tumani uchun mo‘ljallangan mazkur loyiha rejada bo‘lgan, biroq so‘nggi 25-26 yil davomida unga e’tibor qaratilmay kelgan. Bunga turli sabablar bo‘lgan bo‘lishi mumkin: pul bo‘lmagan, sharoit bo‘lmagan, loyihachi bo‘lmagan, deydi Prezident.

“Metro eng xavfsiz va qulay transport turi hisoblanadi, o‘ylashimcha, bugungi ekologik nuqtai nazardan ham u qulay. Butun dunyo shunga intilmoqda. Endilikda yana bir maqsadimiz bor: metroni Mirzo Ulug‘bek tumani markazidan TTZga qadar yetkazish”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

“Podrobno.uz”ning yozishicha, avvalroq TTZga qadar boradigan metro yo‘nalishi haqida Transport vazirligi vakili ham ma’lum qilgan: “Ushbu yo‘nalish yer osti bo‘ladi va “Buyuk ipak yo‘li” stansiyasidan “Toshkent traktor zavodi” avtostansiyasiga qadar cho‘ziladi. Bu yerda 3 yoki 4 ta yangi stansiyalar quriladi. Yo‘nalish uzunligi taxminan olti kilometrni tashkil etadi”.

Mavzuga doir: Ishga tushirilishi bilan 124 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan Yunusobod yo‘nalishining yangi bekatlari (foto)

Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni Toshkent shahrida loyihalashtirilgan yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют