» » AQSh mamlakatda pandemiya tufayli yuzaga kelgan tushkunlik va umidsizlikka barham berish uchun 250 mln dollar sarflashga qaror qildi

AQSh mamlakatda pandemiya tufayli yuzaga kelgan tushkunlik va umidsizlikka barham berish uchun 250 mln dollar sarflashga qaror qildi


AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi jamiyatdagi koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan “tushkunlikka qarshi kurashish va umid uyg‘otish” maqsadida kommunikatsiya kompaniyalari uchun 250 million dollardan ziyod shartnoma tuzishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda vazirlik ichki hujjatlariga tayanib Politico xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, hukumat pulning katta qismini kelasi yilning yanvariga qadar sarflashni rejalashtirmoqda.

Politico’ning yozishicha, aholidagi tushkunlikka qarshi kurashish va umid uyg‘otishdan tashqari, shartnomaning maqsadi yangi sharoitda biznes yuritushning eng yaxshi tajribasi bilan bo‘lishish, amerikaliklarning ishga qaytib, iqtisodiyot qayta tiklanishini ta’minlash uchun ularda ishonchni kuchaytirishdir.

“Administratsiya an’anaviy va raqamli ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, sport va ko‘ngilochar industriya, jamoat salomatligi assotsiatsiyalari va boshqa sheriklar imkoniyatidan foydalangan holda sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot borasidagi muhim ma’lumotlarni yetkazib berish orqali umidsizlikka barham berishi, ishonch uyg‘otib, milliy tiklanishga erishishi mumkin”, — deyiladi hujjatda.

Shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha ishlarning asosiy qismi jamoat xizmatlari uchun reklama e’lonlarini yaratishdan iborat bo‘lib, ular jamoatchilikni faol ravishda “sog‘lom xulq-atvorni yoki fuqarolarning javobgarligini targ‘ib qilishga” ishontirishlari kerak.

Nashrga ushbu masala bilan tanish bo‘lgan manbaning ma’lum qilishicha, 10-12 ta kompaniya ushbu shartnomaga qiziqish bildirgan, ularning aksariyati mashhur kompaniyalar emas.

YouGov’ning iyun oyida o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, amerikaliklarning 34 foizi o‘z hayotlarini 2020-yil oxirigacha pessimistik baholagan. Shu jumladan, 11 foizi “juda pessimistik” degan variantni belgilagan. 54 foizi esa kelajakka u yoki bu darajada optimistik ruhda boqmoqda. So‘rovnomada 18 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirusga chalinganlar va unda vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kasalikka chalinish bo‘yicha 6 milliondan ortiq holat aniqlangan. Bemorlarning 183 ming nafardan ortig‘i vafot etgan.

May oyi boshlarida AQShda ishsizlik darajasi AQShda ishsizlik darajasi koronavirus pandemiyasi tufayli Buyuk tushkunlik davridan beri eng yomon natijani qayd etib, 14,7 foizga tushgandi. Mart oyida ishsizlik nafaqasini olish uchun rekord darajada ko‘p ariza berilgan. Iyun oyida esa AQShning Aydaxo shtati hukumati ishga qaytishga rozilik beradigan ishsizlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish puli to‘lashni boshlagan.

Mavzuga doir: AQShda birinchi marta COVID-19’ga qayta chalinish holati qayd etildi. Bu dunyo bo‘yicha to‘rtinchi shunday holat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют