» » Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi yangi klinikalarni jihozlashga 17 mln dollar yo‘naltirdi

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi yangi klinikalarni jihozlashga 17 mln dollar yo‘naltirdi


Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish maqsadida yaratilayotgan yangi shifoxonalar uchun tibbiy uskunalar va buyumlarni tezkor xarid qilishni moliyalashtirish maqsadida joriy kredit portfelidan 17 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

8-aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti Bandar Hajar bilan videokonferensiya formatida koronavirus tarqalishi sharoitida aholini samarali himoya qilishni ta’minlash, kasallanganlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolashda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlarini mustahkamlash hamda global pandemiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan ta’sirini yumshatish maqsadidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

ITB koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlashga infratuzilma loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 million AQSh dollarini qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

ITB prezidenti mazkur yo‘nalishda bank o‘zining sho‘ba institutlari bo‘lmish Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va boshqalarning imkoniyatlaridan foydalanib, ko‘maklashishni kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.

Muloqot yakunlariga ko‘ra, tomonlar sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari va O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ITB tomonidan umumiy qiymati 140 million dollardan ortiqroq bo‘lgan qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha ishlashga kelishib oldilar.

Avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston banklariga yordam tariqasida 220 million dollar kredit liniyalari ajratishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kredit ta’tillari davomida ham foizlar hisoblanishi ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston bank tizimining barqaror ishlashini hamda iqtisodiyotga moliyaviy ko‘makchi bo‘lishini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda ish haqini to‘lash uchun korxonalarga kreditlar ajratish zarurligini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют