» » Faqat shamollash emas: Kuzda avj oladigan 6 kasallik

Faqat shamollash emas: Kuzda avj oladigan 6 kasallik


Yomg‘irli kunlar, quyoshsiz osmon, sovuq xonalar – oldinda esa uzundan-uzun qish. Kuz faslida nafaqat ruhiyatda tushkunlik paydo bo‘ladi, balki organizm ham kasallanishga moyil bo‘lib qoladi. Lekin buning oldini olish choralari bor, masalan, D vitamin darajasini nazorat qilish kerak, turli narsalardan zavqlanish hamda sayr qilish mavsum kasalligidan saqlanishga yordam beradi.

Tushkunlik va dilxunlik tuyg‘usi

Kuzgi g‘amginlik boshlandimi? Kayfiyat yaxshi emasmi? Quvvat, fikrlar barchasi tushkunlik ortidan nolga tushdimi? Bularning hammasi D vitamin yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, tadqiqotlarning birida organizmning D vitamin darajasi past bo‘lgan odamlar yetarlicha quyosh nuriga to‘yinganlarga nisbatan tushkunlikka tushish ehtimoli 10 baravar ko‘p ekanligi aniqlandi.

Ortiqcha vazn

Quyosh nurlari tanada zarur bo‘lgan ozuqaviy azot oksidini ishlab chiqarishga yordam beradi, bu modda almashinuvi jarayonini uzliksiz ishlashiga yordam beradi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ultrabinafsha nurlar ta’sirida vazn ortib borishini sekinlashtirish va qandli diabetning oldini olish mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Saraton va yurak kasalliklari xavfining ortishi

Uy sharoitida qancha ko‘p vaqt o‘tkazilsa, ko‘krak bezi, prostata bezi saratoni, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, Garvard jamoat salomatligi maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyosh nurlari yetishmasligi tufayli D vitamini kam bo‘lgan odamlarda yurak xastaligi ikki baravar yuqori bo‘lishi tasdiqlandi. Oldini olish uchun esa kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yurish, quyosh nuri yetarli bo‘lmasa-da, D vitaminiga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Suyak og‘rig‘i

Artrozni eslatuvchi suyak va mushaklar og‘rig‘i quyosh nuri va D vitamin yetishmasligi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Chunki  quyosh nuri kollagen va kalsiyni to‘g‘ri taqsimlash uchun zarur. Shu sababli kuz va qishda, quyoshsiz kunlarda qariyalar suyak yoki mushaklarda qattiq og‘riq sezadi.

Uyquning betartibligi

Agar kun davomida quyosh nuri keragicha qabul qilinmasa, kechasi uxlash qiyinroq kechadi. Shuningdek, ko‘p vaqtni sun’iy yorug‘lik ostida yoki kompyuterda ishlash ritmlarni jiddiy ravishda buzishi va uyqusizlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Terlashning ko‘payishi

Ma’lumki, kuz fasli juda ko‘p terlashga sabab bo‘ladigan issiq mavsum emas. Ammo D vitamini yetishmovchiligi, ayniqsa, boshning kuchli terlashiga olib keladi. Bu holat tana harorati normal va stress bo‘lmagan paytda ham yuz beradi. Shuning uchun ham terlash alomati tez-tez kuzatilayotgan bo‘lsa, D vitamin bilan bog‘liq muammoni bartaraf qilish vaqti keldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют