» » Tilladan tikilgan kiyimlar, shaxsiy samolyotida kelgan mehmonlar: Dunyoning eng ko‘p pul sarflangan, dabdabali to‘ylari (foto)

Tilladan tikilgan kiyimlar, shaxsiy samolyotida kelgan mehmonlar: Dunyoning eng ko‘p pul sarflangan, dabdabali to‘ylari (foto)


E’tiboringizga eng ko‘p pul sarflangan, ertaklarni esga soladigan ba’zilari esa oshirib yuborilgan 10 ta to‘y suratlarini taqdim qilamiz.

10. Sena Agoglu va Mustafa Kirkal

Sarflangan: 8,6 million dollar

Mazkur to‘y Turkiyadagi eng dabdabali marosimlardan biri bo‘lgan. To‘y Chiragan saroyida bo‘lgan, unda kelin-kuyovlar uchun 50 ming dollarga lyuks xona ijaraga olingan.

9. Kim Kardashyan va Kanye Uest

Sarflangan: 12 million dollar

Model va reperning to‘y marosimi xarajatdan tortib dekoratsiyasigacha esda qolarli bo‘lgan. Kim tanlagan kelinlik libosi 500 ming dollar, marosim bo‘ladigan joyni yasatish uchun 400 ming dollar, tort uchun 7 ming, kelinning soch turmagi va makiyaji uchun esa 65 ming dollar sarflangan.

8. Dayangku Raabiatul va Bruneya shahzodasi Abdul Malik

Sarflangan: 31 million dollar

“Bir ming bir kecha” uslubida tashkil qilingan to‘yga 5 ming mehmon taklif qilingan. Kelin va kuyov tilladan tikilgan libos, brilliant va tilla bilan bezatilgan tufli kiygan. Kelin gul dastasi ham qimmatbaho toshlardan yasalgan. Kelinning boshi va bo‘ynidagi olmosdan yasalgan taqinchoq haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.

7. Anjelina Beybi va Xuan Syaomin

Sarflangan: 33 million dollar

Xitoylik Kardashyan sifatida ma’lum bo‘lgan Anjela va aktyor Xuanning to‘y marosimi ham boshqalarnikidan qolishmaydi. Chaumet zargarlik uyiga qarashli, kelin uchun atalgan nikoh uzugi 1,5 million dollar bo‘lgan. Kelin ko‘ylak uchun Dior’ga buyurtma berilgan va libos 5 oy davomida tikilgan. Shanxaydagi kongress hollardan birida bo‘lib o‘tgan to‘yga 200 ta mehmon taklif qilingan. Ertak uslubida yasatilgan zal devorlarida Disney qasrlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan.

6. Keyt Middlton va shahzoda Uilyam

Sarflangan: 34 million dollar

Keyt Middltonning kelinlik libosiga 434 ming dollar sarflangan. Taklif qilinganlar orasida Britaniya qirolligi hamda butun dunyoning 40 dan ortiq monarx oilalari vakillari, o‘nlab davlat rahbarlari va mashhurlar bo‘lgan. Malikaning nikoh uzugi Wartski brendiga tegishli bo‘lib, Uels tillasidan yasalgan. Keyt, bosh aksesuari sifatida qirolicha Yelizaveta II 1936-yilda taqqan brilliant tiaradan foydalangan. To‘y sanasida aholi uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan.

5. Vanisha Mittal va Amit Bxatiya

Sarflangan: 58 million dollar

Haqiqiy sharq ertaklarini esga soladigan nikoh marosimi Parijda bo‘lib o‘tgan. Mingdan ortiq mehmon taklif qilingan mazkur to‘y tantanalari olti kun davom etgan. Mehmonlar uchun Le Grand Kontinetal mehmonxonasidan 600 ta xona ijaraga olingan. Birinchi qavatda mehmonlar uchun go‘zallik saloni, sartarosh va sari bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritgan. Tashrif buyuruvchilarning har biriga Gucci yoki Prada brendidan sumka berilgan. Nikohdan o‘tish marosimi XVII asrning o‘rtalarida qurilgan Vo-le-Vikontda bo‘lib o‘tgan. Kelinning otasi qizi yaxshi ko‘rgani sabab Kayli Minougni taklif qilgan va uning ijrosi boshqalar uchun ham kutilmagan bo‘lgan.

4. Mukesh Ambani va Adjay Piramal

Sarflangan: 100 million dollar

5 kecha-yu 5 kunduz davom etgan mazkur hindcha to‘yda Gollivud va Bollivudning taniqli yulduzlari ishtirok etgan, Beyonse qo‘shiq kuylagan. Taklif etilgan 2 ming mehmon, marosim joyiga 100 nafar xususiy samolyotlarda keltirilgan va besh yulduzli mehmonxonalarga joylashtirilgan. Tashrif buyurganlarning har biriga Dolce&Gabbana brendidan brilliant brasletlar sovg‘a qilingan.

3. Malika Diana va shahzoda Charlz

Sarflangan: 110 million dollar

“Asr to‘yi” deb ta’rif berilgan to‘yning xavfsiz o‘tishi uchungina 600 ming dollar sarflangan. Diana 10 ming marvarid bilan bezalgan libos va 132 marvarid qadalgan va tayyorlanishiga 5 oy ketgan tufli kiygan.

2. Lolita Avdolyan va Gaspar Osmanov

Sarflangan: 680 million dollar

2017-yilda uylangan Gasparning otasi Albert Avdolyan aynan o‘sha yili Forbes ro‘yxatidan 123 o‘rinni egallagan. Nikoh marosimi har yili Oskar taqdirlash marosimi o‘tkaziladigan Los-Anjelesdagi zalda, bo‘lib o‘tgan.

View this post on Instagram

A post shared by Карапетян Артур Каренович (@drkarapetyan) on

Mehmonlarga beriladigan sovg‘alarning o‘ziga 823314 dollar sarflangan. To‘yda rus va xorij shou-biznes vakillari ishtirok etgan. Zalni ijaraga olish va xonandalarga to‘langan pullar bilan jami 8 147 745 dollar sarflangan.

1. Xadija Ujaxova va Said Gutseriyev

Sarflangan: 1 milliard dollar

Rossiyalik milliarder Mixail Gutseriyev o‘g‘lining to‘y marosimida Jennifer Lopes, Sting, Enrike Iglesias va boshqalar qo‘shiq kuylagan. 25 kg og‘irlikda bo‘lgan kelinlik libosi Fransiyada tikilgan. Zalni gullar bilan bezatish uchun taxminan 200 ming dollar atrofida mablag‘ sarflangan.

Moskvaning “Safisa” restoranida boshlangan to‘y keyin Londonda davom etgan va unda Elton Jon va Beyonse qo‘shiq kuylagan. Daily Mail’ning yozishiga qaraganda mazkur to‘y uchun jami 1 milliard dollar sarflangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют