» » Kechqurun nima yeyish qomatga zarar yetkazmaydi?

Kechqurun nima yeyish qomatga zarar yetkazmaydi?


Ba’zan uyquga yotishdan oldin ochiqqaningizni his qilasiz. Lekin qomatga zarar yetkazmasdan qanday ovqatlar bilan qorinni to‘yg‘azsa bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatda keltirilgan taomlar organizmga ortiqcha kaloriya yuklamasdan qorinni to‘ydirishga yordam beradi.

Triptofan aminokislotasi organizmda uyqu gormoni melaninnning ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Tarkibida bu muhim modda bo‘lgan oziq-ovqatlardan biri kurka va tovuqlarning go‘shti hisoblanadi. Bu taomning 100 grammdan sal ko‘proq o‘lchamdagi uncha katta bo‘lmagan porsiyasi oson hazm bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida uxlashga ham yordam beradi.

Kechki paytda ovqatlanish uchun foydali va yengil variant – achitilgan sut mahsulotlari qo‘shilgan ovqatlar ham bo‘lishi mumkin. Tabiiy achigan sut mahsulotlari tarkibida foydali bakteriyalar mavjud.

Uyqu oldidan tuzlangan va dudlangan baliq organizmga faqat zarar keltiradi, lekin bug‘da pishirilgan yog‘siz navlari esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Ular tuzlar va zararli yog‘lar kabi yig‘ilib qolmasdan qorinni to‘ydiradi va organizmni foydali moddalar bilan ta’minlaydi.

Bodom qomat uchun eng xavfsiz yong‘oq deb hisoblanishidan tashqari, u magniy moddasiga ham boydir. Bir siqim bodom to‘yish hissini beradi va shuningdek tez uxlashga yordam beradi.

Kechki payt yeyish uchun duxovkada pishirilgan olma ham mos keladi. U ochlik hissini pasaytiradi va organizmda yog‘ zaxirasiga aylanib qolmaydi.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют