» » Video: 500 ot kuchiga ega traktor Nyurburgring rekordini o‘rnatdi

Video: 500 ot kuchiga ega traktor Nyurburgring rekordini o‘rnatdi


Germaniyadagi Auto Motor und Sport avtomobil nashri hamda haydovchi Kristian Mensel Nyurburgringda traktorlar o‘rtasidagi rekordni yangiladi. 17 tonnali Class Xerion 5000 VC’ga trassani bosib o‘tish uchun 24 daqiqayu 50,57 soniya kerak bo‘lgan, deb yozadi Motor.

Class Xerion 5000 VC — Germaniyada sotiladigan eng kuchli traktorlardan hisoblanadi. U 500 ot kuchi va 2600 Nm aylanuvchi momentga ega olti silindrli 12,8 litrli dizel dvigatel yordamida harakatga keladi. Xerion 5000 VC’ning o‘ziga xosligi — boshqaruv organlari bilan 180 darajaga burila oladigan kabinaga egaligida. Traktor aynan ushbu rejimda Nordshlyayfeni bosib o‘tgan.

Mavzuga doir: Video: Dunyodagi eng katta traktorga yangi shinalar o‘rnatish jarayoni

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Buxoroning Jondor tumanidagi hunarmand-ustalar tomonidan innovatsion traktor yaratilgan edi. Ushbu traktorga osma va g‘ildirakli traktorlarda avval qo‘llanilmagan yangi tipdagi dempfirlovchi yumshoq qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, u traktorning ish vaqtida tebranishlarini 7-8 baravarga kamaytirish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют