» » Namanganda ruhiy nosog‘lom yigit 5-sinf o‘quvchisini urib, tan jarohati yetkazdi

Namanganda ruhiy nosog‘lom yigit 5-sinf o‘quvchisini urib, tan jarohati yetkazdi


Namanganda 5-sinf o‘quvchisini urib, tan jarohati yetkazgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi 24 yoshli shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30-avgust kuni soat 13:30 larda Namangan tumani “Qirg‘izqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi yigit hech bir sababsiz tumanning “Bo‘ston” mahallasida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi 5-sinf o‘quvchisini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Surishtiruv ishlari davomida bolani kaltaklagan 24 yoshli yigit 2006-yildan buyon To‘raqo‘rg‘on tumaniga qarashli ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha yoki og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli ota-onalar voyaga yetmagan farzandingizga e’tiborli bo‘ling. Ularni uyingizdan uzoq hududlarda yolg‘iz harakatlanishiga yo‘l qo‘ymang”, — deya eslatma berilgan xabarda.

Avvalroq Namanganda 26 yashar yigit homilador kelinoyisiga 15 marta pichoq urgani, u ruhiy xasta deb topilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют