» » Surxondaryoda futbol o‘yini vaqtida yuzaga kelgan janjal oqibatida 16 yoshli yigit vafot etdi

Surxondaryoda futbol o‘yini vaqtida yuzaga kelgan janjal oqibatida 16 yoshli yigit vafot etdi


Surxondaryoda futbol o‘yini vaqtida yuzaga kelgan tortishuv oqibatida 16 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 23-avgust kuni soat 20:45 da 16 yoshli A.A. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Istiqlol” mahallasida joylashgan kichik futbol o‘yingohida futbol o‘ynayotgan vaqti raqib jamoadagi tengdoshi I.X. bilan o‘zaro tortishib qolgan.

Ular yakkama-yakka urishish maqsadida stadiondan tashqariga chiqib, janjalni davom ettirgan vaqtida A.A. chap oyog‘i tizzasi bilan I.X.ning old ko‘krak o‘rta sohasiga bir marta zarb bilan tepib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda voyaga yetmagan I.X. olgan tan jarohati sabab sog‘lig‘i yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir: Namanganda 9-sinf o‘quvchisi mashinada 3 ayolni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют