» » Rossiyada 5-sentabrdan odamlarni COVID-19’ga qarshi sinov tariqasida emlash boshlanadi

Rossiyada 5-sentabrdan odamlarni COVID-19’ga qarshi sinov tariqasida emlash boshlanadi


Rossiyada ommaviy ravishda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi vaksina bilan emlash ishlari avval rejalashtirilgandek 5-sentabrdan boshlab Moskvada o‘tkaziladi. Vaksina preparati shahar poliklinika va shifoxonalariga ish haftasi oxirigacha yetkazib beriladi. Bu haqda Gamaleya instituti direktori Aleksandr Ginsburgga tayanib “Interfaks” xabar qilgan.

“Hammasi reja bo‘yicha bormoqda. 3–4-sentabr kunlari yetkazib berishni ta’minlaymiz. Mashinalar, manzillar va vaksinalar tayyorlab qo‘yilgan. Lekin 3–5-sentabr kunlari ko‘ngillilar skrining qilinadi va ular zarur tahlillarni topshirishi lozim. Shu sababli vaksina yetkazib berilgan bo‘lsa ham, vaksinatsiya qilish ishlari 5-sentabrdan boshlanishi mumkin”, — degan Ginsburg.

Avvalroq rasmiy ro‘yxatga olishdan oldingi tadqiqotlar sentabr boshlarida o‘tkazilishi, vaksina 3-sentabrdan yetkazib berila boshlashi haqida xabar qilingandi.

26-avgustda Moskva shahri meri Sergey Sobyanin shahar aholisiga murojaat qilib, Gamaleya institutida ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga olishdan oldingi sinovlarida ishtirok etishga chaqirgandi. Sinovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga merning va Moskva ma’muriyatining portallarida so‘rov qoldirish talab etilgandi. Sinovlarda avval COVID-19’ga chalinmagan yoshi 18 dan oshgan 40 mingga yaqin ishtirokchi jamlab olinishi ko‘zlangan. Vaksina yuborilishidan avval har bir ko‘ngilli skriningdan o‘tadi, ya’ni tahlillarni topshirib, mutaxassislardan konsultatsiya oladi.

Tadqiqotlar poliklinikalar va shahar kasalxonalari bo‘limlarida tashkil qilingan maxsus markazlar bazasida o‘tadi. Tadqiqotlarni moliyalashtirish Moskva shahri meriyasi hisobidan qoplanadi.

Ishtirokchilar emlashdan keyin yarim yil davomida tibbiyot xodimlarining teletibbiyot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan tekshiruvlari ostida bo‘ladi. Shuningdek, ko‘ngillilar o‘z-o‘zini kuzatish bo‘yicha mobil ilova shaklidagi dasturga ham o‘zgarishlar haqida qaydlar yozib boradi. Ayrim ishtirokchilarga elektron tasmalar berilib, ular orqali qon bosimi hamda tana harorati o‘lchab turiladi.

Avvalroq Rossiyada xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yilning noyabr—dekabr oylarida boshlanishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlangan.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi.

Shuningdek, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют