» » Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi

Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi


Rossiya barcha bosqich sinovlari o‘tkazilganidan so‘ng “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida Qozog‘iston bilan o‘zaro kelishuv imzoladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi Qozog‘iston uchun vaksinadan zarur miqdorda ishlab chiqarishga tayyorligi bildirilgan.

Ta’kidlanishicha, xavf ostida bo‘lgan qozog‘istonliklar uchun emlash bepul va ixtiyoriy bo‘lib, bu vaksina klinik sinovlarining barcha bosqichlari tugagandan so‘ng amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emas

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbu vaksinani ommaviy qo‘llash oktabr oyidan boshlanadi.

Rossiya vaksinasini birinchi bo‘lib oladigan davlat Belarus bo‘ladi. Mazkur masala Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda muhokama qilingan.

Avvalroq Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina yaratgan tadqiqotchi uni o‘zida sinab ko‘rgani xabar berilgan edi. Qozog‘istonlik olimlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshlagani haqida mart oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. 1-avgust kuni Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют