» » Rossiya vaksinasini birinchi bo‘lib oladigan davlat Belarus bo‘ladi

Rossiya vaksinasini birinchi bo‘lib oladigan davlat Belarus bo‘ladi


Rossiyada ishlab chiqariladigan koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib oladigan xorijiy davlat Belarus bo‘ladi. Mazkur masala Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda muhokama qilingan. Bu haqda “Belta” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, prezidentlar Belarusdagi ichki vaziyatni va G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlarni muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalasini ham muhokama qilgan. Prezidentlar Rossiyada yaratilgan vaksina sinovlarining uchinchi bosqichida belarusliklar ko‘ngilli sifatida ishtirok etishi yuzasidan kelishib oldi. Shuningdek, Belarus mazkur vaksina yetkazib beriladigan birinchi mamlakat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Rossiyada koronavirusga qarshi ushbu vaksinani ommaviy qo‘llash oktabr oyidan boshlanadi.

Mavzuga doir: Olimlar Rossiya vaksinasi tufayli COVID-19 mutatsiyaga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют