» » Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlangani e’lon qilindi

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlangani e’lon qilindi


Rossiyada Gamaleya institutida yaratilgan COVID-19’ga qarshi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Vaksina Zelenograddagi “Binnofarm” farmatsevtika zavodi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ilgari institut direktori Aleksandr Gintsburgning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ishlab chiqarish quvvatini dekabr—yanvar oylarida oyiga besh million dozaga yetkazish rejalashtirilgan va yil davomida vaksinaga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash mumkin bo‘ladi.

Rossiyada 11-avgust kuni koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganini Vladimir Putin e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina “barqaror immunitetni shakllantiradi va u barcha kerakli sinovlardan o‘tgan”. Shuningdek, Putin qizlaridan biri vaksinani o‘zida sinab ko‘rganini qo‘shimcha qildi.

Ta’kidlanishicha, Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqilgan vaksina sinovning dastlabki bosqichlarida. Katta miqyosli klinik tadqiqotlar hali o‘tkazilmagan. Bundan tashqari, ushbu vaksina haqida ilmiy adabiyotlarda nashr etilmagan.

Rossiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksina kamida 10 AQSh dollaridan sotilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan. Shuningdek, uni katta hajmda ishlab chiqarish boshlanganda narxi arzonlashishi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Rossiyaning “Fontanka” nashri yuqoridagi vaksina Putin aytganichalik umidli emasligini ma’lum qilgan. Nashrning yozishicha, tadqiqot davomida vaksina sinab ko‘rilgan 38 nafar ko‘ngillida 144 ta nojo‘ya ta’sir kuzatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют