» » CNN: Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda AQShga yordam taklif qildi. Vashington yordamni rad etdi

CNN: Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda AQShga yordam taklif qildi. Vashington yordamni rad etdi


Rossiya rasmiylari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish masalasida amerikaliklarga “misli ko‘rilmagan hamkorlik” taklif qildi. Bu haqda Moskvadagi manbalariga tayanib CNN xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, unda Rossiya vaksinasini Amerika farmatsevtika kompaniyalarida ishlab chiqarish haqida gap borgan.

AQSh bu taklifni rad etgan. “Amerika tomondan Rossiyaga nisbatan umumiy ishonchsizlik bor, shu sababli Rossiya texnologiyalari AQShda qabul qilinmaydi”, — degan CNN suhbatdoshlaridan biri.

Ammo Amerika rasmiylarining bildirishicha, hamkorlik qilishdan bosh tortish Rossiya vaksinasining xavfsizligiga shubha qilingani bilan bog‘liq. “Ular vaksinaning keng miqyosda ishlash-ishlamasligini aniqlash uchun odamlarda juda kam sinov o‘tkazdi”, — degan nashrning Amerika hukumatiga yaqin bo‘lgan manbasi.

CNN’da bu haqda material chiqqanidan keyin Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida AQShga rasmiy taklif yuborilmaganini bildirgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini 11-avgust kuni ma’lum qilgandi. U Gamaleya nomidagi institut tomonidan yaratilgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, vaksina “barqaror immunitet shakllantiradi va barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan”. Amalda esa Gamaleya instituti vaksinasi ishlab chiqishning dastlabki bosqichida turibdi. Unda keng miqyosli klinik tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Ilmiy jurnallarda esa sinov natijalari haqida hech qanday maqolalar yo‘q.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют