» » Qozog‘iztonda koronavirusga qarshi vaksina nima sababdan hamma fuqarolarga ham bepul berilmasligi ma’lum qilindi

Qozog‘iztonda koronavirusga qarshi vaksina nima sababdan hamma fuqarolarga ham bepul berilmasligi ma’lum qilindi


Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Bagdat Kojahmetov nima sababdan koronavirusga qarshi vaksina Qozog‘istonning barcha fuqarolari uchun bepul bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Jurnalist vazirlik vakilidan nima sababdan COVID-19’ga qarshi vaksina faqat mamlakat aholisining 10 foizini tashkil qiladigan xavf guruhidagi aholi uchun bepul bo‘lishini so‘ragan. Shuningdek, jurnalist mamlakat fuqarolarini Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan emlashni taklif qilgan.

“An’anaviy xavf guruhi mavjud, ularning soni Qozog‘istonda 2,2 million kishini tashkil qiladi. Ular yurak-qon tomir tizimida surunkali kasalliklari bo‘lganlar, jumladan, 65 yoshdan katta fuqarolar, qandli diabet va boshqa shu kabi kasalliklari bo‘lgan kishilar hisoblanadi. Shuning uchun sog‘lom odamlar bu ro‘yxatga kirishga urinishi kerak yoki yo‘qligini bilmayman. Aniq ijtimoiy qoidalar va qonunlar bor-ku”, — deya ta’kidlagan vazirlik rasmiy vakili.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina yaratgan tadqiqotchi uni o‘zida sinab ko‘rdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlayotgan sog‘lom odam o‘zini o‘zi ta’minlashi kerak, shu jumladan, vaksina bilan ham.

“Bu mening shaxsiy pozitsiyam. O‘ylaymanki, ko‘plab aqlli fuqarolar mening fikrimga qo‘shiladi”, — deya qayd etgan mas’ul.

Avvalroq Bagdat Kojahmetov Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 11-avgust kuni koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganini Vladimir Putin e’lon qildi. Rossiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksina kamida 10 AQSh dollaridan sotilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan. Mazkur vaksina uchinchi bosqichda o‘n minglab odamlarda sinovdan o‘tkaziladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют