» » Tixanovskaya Qrim masalasida qanday fikrda ekanligini ma’lum qildi

Tixanovskaya Qrim masalasida qanday fikrda ekanligini ma’lum qildi


Belarusdagi prezidentlik saylovlarida muxolifat nomzodi sifatida ishtirok etgan Svetlana Tixanovskaya Qrim yarimorolining Ukraina yoki Rossiyaning bir qismi ekanligi borasida berilgan bahsli savolga aniq javob bera olmasligini aytdi, lekin ushbu masala Belarus jamiyatining ikkiga bo‘linib qolishiga sabab bo‘lishini istamasligini bildirdi. U bu haqda LRT teleradiokanaliga intervyu bergan.

Tixanovskayaning qayd etishicha, Belarus jamiyatida mazkur masala yuzasidan turli fikrlar mavjud.

“Prezidentlikka da’vogar hamda saylovlarda nomzod bo‘lgan vaqtimda bu boradagi o‘z pozitsiyamni aytganman, ya’ni Qrim de-yure Ukrainaniki ekani, de-fakto esa Rossiyaga tegishliligini bildirganman. Biz xalqaro qonunlar borligi Qrim boshqa davlat ixtiyoriga ushbu hujjatlarga zid ravishda o‘tib ketganini tushunamiz. Lekin oldimizda Belarusdagi vaziyatni hal etish masalasi turibdi, xalqimizni bu ko‘proq tashvishga soladi, yangi va halol saylovlar o‘tkazilishi zarur. Qrimdagi vaziyat ham murakkab, belaruslarda ham mazkur masalada fikrlar turlicha, biz ushbu holatga turlicha qarashlar sabab bo‘linishni istamaymiz”, — degan Tixanovskaya Litva televideniyesidagi dasturda.

Saylovlarga qadar Tixanovskaya jurnalistlar bilan muloqotda Qrimning qaysi davlatga tegishli ekani borasidagi savollarga javob bermaslikni ma’qul ko‘rardi.

“Keling, bu haqda mamlakatimizda ko‘pchilik qabul qilganidek fikr bildiraman, Qrim xalqaro qonunlar bo‘yicha yuridik jihatdan Ukrainaga, hayotda esa Rossiyaga tegishli. Bu haqda yana savol berib meni qiynamang, iltimos!”, — degan edi Tixanovskaya 29-iyulda.

Minsk va Aleksandr Lukashenko yuridik jihatdan Qrimning Rossiya tarkibiga kirganini tan olmagan. Shunga qaramay, Lukashenko 2014-yildagi voqealardan keyin Qrimning de-fakto Rossiyaning bir qismiga aylanganini bir necha bor ta’kidlagan.

“Rossiyaning xohishiga qarshi chiqa oladigan kuch yo‘q. Hudud Rossiya ixtiyoriga o‘tgan, ular shunday deb hisoblaydi yoki shu haqda o‘ylaydi. Ishoning, men nima deyayotganimni yaxshi bilaman. Rossiya o‘zi Qrimdan voz kechishi uchun qanday sharoitda bo‘lishi kerakligini tasavvur ham qila olmayman”, — degan Lukashenko Qrimning Ukraina ixtiyoriga qaytishi xususida berilgan savolga javoban.

U Donbassning Kiyev boshqaruviga qaytishi kerakligini ham ta’kidlagan.

“Urushni to‘xtatish hamda ushbu hududni Ukrainaga qaytarish yuzasidan har qanday choralarni amalga oshirish lozim”, — deya qayd etgan Lukashenko ukrainalik jurnalistlar bilan suhbatda.

Mavzuga doir: Qrim muammosining ildizi. Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi Qrim urushi tarixi

Belarusda 9-avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining natijalariga nisbatan norozilik namoyishlari davom etayotganiga uch haftadan oshdi. Belarus MSK ma’lumotiga ko‘ra Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib chiqqan, muxolifat vakili Svetlana Tixanovskaya esa 10,1 foiz ovoz olgan. Muxolifat rasmiy natijalarni tan olmagan va amaldagi prezident Lukashenkoning iste’foga chiqarilishi va saylovlarning qaytadan o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Tixanovskaya 14-avgustda Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilganini e’lon qilgan. U kengashga hukumat va norozilik namoyishi o‘tkazayotgan xalq o‘rtasidagi nizoning hal etilishini istagan barcha birlashmalarning vakillari kirishi mumkinligini gapirgan.

Lukashenko kengashning tuzilganiga munosabat bildirib, buni hukumatni noqonuniy yo‘l bilan egallashga urinish deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют