» » Londonlik ayol yurak xurujini boshdan kechirdi hamda buning uchun taqdiridan minnatdor ekanligini aytdi

Londonlik ayol yurak xurujini boshdan kechirdi hamda buning uchun taqdiridan minnatdor ekanligini aytdi


Ayni vaqtda 48 yoshda bo‘lgan britaniyalik ayol bundan uch yil avval yurak xurujini boshdan kechirgan. Davolanish uchun ish va vazifalarini chetga surib, salomatligiga vaqt ajrata olmagan Ester sog‘lom turmush tarzini boshlash imkoniyati uchun taqdirdan minnatdor, deb yozadi Daily Mirror.

Ta’kidlanishiga qaraganda 90-yillarning boshida televideniyeda faoliyatini boshlagan Ester Stenxoun ishidan ortib salomatligiga vaqt ajrata olmagan. Ikki farzandli bo‘lganidan keyin sport zalga borishni rejalashtirgan, ammo ish grafigi bunga yo‘l qo‘ymagan, oqibatda kasallikni oyoqda o‘tkazgan.

2011-yilda o‘z biznesini ochishga qaror qilgan Stenxounning mas’uliyati yanada ortib borgan, sevimli ishi bilan shug‘ullanishiga qaramay, ishi va faoliyati og‘irlik qilayotganiga amin bo‘la boshlagan.

2017-yil Amsterdamga ish safari oldidan ayol aeroportning kutish zalida nafas olishga qiynalayotgani va ko‘ksida qandaydir og‘irlik borligini his qilgan. Uyga qaytganidan keyin bu kabi xurujlar takrorlanaverganidan keyin shifokorga murojaat qilgan.

Kardiolog tomonidan yurak xurujini boshdan o‘tkazgani haqida xabar topgan Stenxoun shifoxonada davolanishga rozilik bergan. Shundan keyin ayol ko‘p yillardan beri birinchi marta dam olgan va sog‘lom hayot boshlashi kerakligini tushunib yetgan.

Ayni vaqtda Ester chekishni tashlagan, kunlik rejim tuzgan va sport bilan shug‘ullanadi. U loyihalarning bir qismidan voz kechgan va vaqtini to‘g‘ri taqsimlab kerakli vaqtda dam oladi. Shu sabab ham u hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgarishiga sabab bo‘lgan kasalligidan minnatdor, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют