» » Ispan grippini boshdan kechirgan 106 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi

Ispan grippini boshdan kechirgan 106 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi


Ispaniyada 106 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi, deb xabar berdi The Olive Press.

Ana del Valye 1913-yilda tug‘ilgan. U besh yoshida millionlab insonlarning umriga zomin bo‘lgan ispan grippini boshdan kechirgan. “Uning barcha oila a’zolari o‘shanda kasal bo‘lgan edi”, — deydi ayolning tanishlaridan biri.

Sakkiz yildan beri ayol Kadis provinsiyasidagi qariyalar uyida yashaydi. Mart oyida u, uning 60 nafar qo‘shnisi hamda qariyalar uyining 20 nafar xodimi koronavirusga chalindi.

Ana del Valyeda kasallik og‘ir kechgan va u jonlantirish bo‘limida yotgan. Biroq keyin ayol sog‘aya boshlagan. Bir necha kun avval u to‘liq sog‘aygan va kasalxonadan javob berilgan. U Ispaniyada koronavirusdan tuzalgan eng keksa fuqaro bo‘ldi.

“Shifokorlar uning tahlillari yaxshi chiqqanini aytdi. Biroq ehtiyot bo‘lishimiz kerak. U bir o‘zi ovqatlanyapti, ba’zan ko‘p, ba’zan kam yeydi. Qisqa muddatga sayrga ham chiqadi”, — deydi ayolning kelini Paki Sanches.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют