» » AQShlik ayol uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan o‘g‘lini o‘ldirdi

AQShlik ayol uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan o‘g‘lini o‘ldirdi


AQShning Arizona shtatida 92 yoshli Anna Mey Blessing uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan o‘g‘lini o‘ldirdi, deb yozmoqda New York Post.

Ayol bir necha kun davomida jinoyatni rejalashtirgan. U 2 ta to‘pponchani cho‘ntagiga solgan va o‘g‘li hamda uning ma’shuqasi yashaydigan xonaga kirgan.

72 yoshli erkakning bo‘yin va jag‘ sohasiga o‘q teggan va u voqea joyida jon bergan. So‘ngra ayol o‘g‘lining 57 yoshli ma’shuqasiga o‘q uzmoqchi bo‘lgan, biroq u to‘pponchani ayolning qo‘lidan olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayolning o‘g‘li va ma’shuqasi u bilan yashash tobora qiyinlashib ketayotganini aytib, uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan. Janjal avjiga chiqqanida ayol: “Sizlar mening hayotimni olib qo‘ymoqchisiz, unday bo‘lsa men ham sizlarni hayotlaringizdan mahrum qilaman”, — degan.

Ayol sudga nogironlar aravachasida kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют