» » Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga koronavirus haqida hazil qilish va soxta yo‘talish taqiqlandi

Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga koronavirus haqida hazil qilish va soxta yo‘talish taqiqlandi


Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilari uchun yangi tartib-qoidalar ishlab chiqildi. Ularga ko‘ra o‘quvchilarga atayin yo‘talish va koronavirus haqida o‘zaro hazillashish taqiqlanadi, deb yozmoqda Daily Mail.

Nashr bu borada bir nechta ta’lim muassasalaridagi noodatiy yangiliklar haqida ma’lumot bergan. Masalan, Gasting maktabida atayin va yomon maqsadda yo‘talish yoki aksa urish, shuningdek, pandemiya haqida hazillar qilish taqiqlangan. Londondagi muassasalardan birida esa hazillashib yo‘talgan o‘quvchi maktabdan haydalishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘quvchilar hojatxonalarga kirish yuzasidan ham yangi qoidalarga ko‘nikishi lozim. Derbidagi maktablarning birida hojatxonalarda har bir sinf uchun alohida xonacha ajratilgan. Begona “kabinka”ga kirgan o‘quvchi jazo olishi mumkin.

Butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 25 milliondan oshgan. 846 mingdan ziyod bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 334 ming nafarga yaqin, COVID-19 tufayli qayd etilgan o‘limlar soni esa 41 mingdan ziyodroq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют