» » “Anora” filmi bilan tanilgan Fotima Vohidova “xunukligi tufayli kinoda omadi chopmagani” hamda Turkiyada oila qurgani haqida so‘zlab berdi (video)

“Anora” filmi bilan tanilgan Fotima Vohidova “xunukligi tufayli kinoda omadi chopmagani” hamda Turkiyada oila qurgani haqida so‘zlab berdi (video)


Aktrisa Fotima Vohidova 2007-yilda suratga olingan “Anora” filmidagi obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. U 2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Bir kelib keting qishlog‘imizga” filmida ham esda qolarli obraz yaratgan edi.

Jurnalist Jasur Hamroyev Fotima bilan Istanbulda uchrashib, suhbat qurdi. Aktrisa o‘zbek kino olamida omadi chopmagani sababi, turk yigitga turmushga chiqib, hozir Istanbul shahrida yashayotgani haqida so‘zlab berdi.

Fotima Vohidova 2017-yilda turkiyalik Niyozi Shahin ismli yigit bilan turmush qurgan. Ular hozirda Sumayya Simay ismli qiz farzandni tarbiyalamoqda.

“2017-yilda Turkiyaga bir oyga aylanishga keldim. Shu yerda yashaydigan dugonam nuqul menga ‘Seni Turkiyaga uzataman’ derdi hazillashib. Shunday qilib, o‘sha dugonam turmush o‘rtog‘ining do‘sti bilan meni tanishtirdi. Tanishdik, gaplashdik, gapimiz bir-birimizga to‘g‘ri keldi. Yoshim ham o‘tib borayotgandi. Shu tariqa turmush qurdik”, — deydi Fotima Vohidova.

“Rostini aytsam, avvallari o‘zbek qizlarining Turkiyaga turmushga chiqqanini eshitsam, qabul qila olmasdim, qizg‘anardimmi, bilmayman. O‘zimning ham taqdirimga turk yigitiga turmushga chiqish yozilgan ekan. Lekin hech ham afsuslanmayman, shunday insonga turmushga chiqqanimdan baxtliman, juda yaxshi oilaga kelin bo‘lganman. Ollohga behisob shukur”, — deya so‘zlarini davom ettiradi aktrisa.

“Nima deb o‘ylasiz, kinoda nega omadingiz chopmadi?”, degan savolga aktrisa “xunukligim uchun” deb javob beradi.

“‘Anora’ filmi bosh roliga kastingdan o‘tganimdan keyin jurnalistlar rejissor Murod Rajabovdan ‘Nega buncha xunuk qiz bu, chiroyliroq qiz yo‘qmidi?’ deb so‘rardi. Keyin ko‘pchilik kinosinovlarga borsam, xunukligimni yuzimga ochiqchasiga aytishardi. Milliy teatrda 3, Muqimiy teatrida 7 yil ishladim. Ko‘p filmlarga epizod rollarga ham suratga tushishga rozi bo‘lardim. Lekin meni eng xafa qilgan narsa — o‘qigan bizdek aktyorlar poygakda, sohaning ustasi emaslar to‘rda bo‘lib qoldi. Nafaqat menga, balki boshqa ijodkor do‘stlarimga bo‘lgan munosabat meni xafa qildi va san’atni tark etishga qaror qildim”, — deydi Anora Vohidova.

Aktrisa turk filmlarida suratga tushish istagi borligi haqida ham gapirdi.

“San’atdan ketgan bo‘lsam ham, u menga begona emas. Turmush o‘rtog‘im uyda kasbimni sog‘inayotganimni ko‘rib, aktrisalik qilishimga ruxsat berdi. Turk filmlari kastingida ishtirok etdim. Chaqirishyapti, biroq homilador bo‘lib, farzandimni dunyoga keltirganim uchun hozir bora olmayapman”, — deydi aktrisa.

Mavzuga doir: Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют