» » SSV Olmaliqda yashagan fuqaro koronavirusdan vafot etgani haqida birinchi marta axborot berdi. Shaharda iyulda qayd etilgan ikki ayol o‘limi e’tiborsiz qoldirilgan edi

SSV Olmaliqda yashagan fuqaro koronavirusdan vafot etgani haqida birinchi marta axborot berdi. Shaharda iyulda qayd etilgan ikki ayol o‘limi e’tiborsiz qoldirilgan edi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV)ning rasmiy hisob-kitobiga ko‘ra 326 nafarga yetdi (“Daryo” hisobi bo‘yicha 338 nafarni tashkil etmoqda). Vazirlikning 2-sentabr soat 10:00 dagi axborotiga ko‘ra, koronavirusga chalingan ikki bemor — Sergelida yashagan 65 yoshli M.A. ismli erkak hamda Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. ismli erkak bemor vafot etdi.

SSV Olmaliq shahrida yashagan fuqaroning koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani haqida birinchi marta axborot bermoqda. Iyulda shaharda koronavirusga chalingan 51 yoshli va 63 yoshli ikki ayol vafot etgani ma’lum bo‘lgandi, biroq ushbu holatlar yuzasidan SSV hozirgacha biror axborot bermadi (e’tiborga molik tomoni, ushbu ikki o‘lim holati Toshkent viloyati hokimligi yuritayotgan hisobga kiritilgan).

Bundan tashqari, SSV tomonidan tasdiqlanmagan yana o‘ndan ortiq o‘lim holatlari bor.

Mavzuga doir: Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori koronavirus asoratlaridan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Ma’lumot uchun, 2-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar umumiy soni 42 370 nafarga yetgan, hozirgacha ularning 39 664 nafari (93 foizi) sog‘aygan; ayni vaqtda 2380 nafar bemor davolanmoqda, ularning 422 nafari (ayni vaqtda davolanayotgan bemorlarning 17,73 foizi) og‘ir ahvolda (shundan 147 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют