» » Ronald Kuman “Barselona”da so‘nggi bor Pep Gvardiola davrida amalda bo‘lgan qoidani tikladi

Ronald Kuman “Barselona”da so‘nggi bor Pep Gvardiola davrida amalda bo‘lgan qoidani tikladi


“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoada Xosep Gvardiola davrida amalda bo‘lgan qoidani qayta joriy etdi.

“Sport.es” nashrining xabariga ko‘ra, Kuman klubning barcha futbolchilaridan bazaga mashg‘ulotlar boshlanishidan bir soat avval kelishni talab qilgan.

Qayd etish joiz, ushbu qoidani birinchi marta Xosep Gvardiola Kataloniya klubini boshqarganida joriy qilgan. Ammo keyinchalik boshqa murabbiylar kelishi bilan, bu talab yo‘qolib ketgan. Endilikda Kuman ham jamoadagi intizomni kuchaytirish uchun jadvalga qat’iylik kiritgan.

Qayd etish, “Barselona” o‘tgan mavsumda hech qanday sovrin yutolmadi: Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi, shuningdek, jamoa Ispaniya Kubogida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Gollar to‘plami:

Mavzuga doir: Ronald Kuman “Barselona”ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют