» » O‘zbekistondagi OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn testlar grafigi e’lon qilindi

O‘zbekistondagi OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn testlar grafigi e’lon qilindi


O‘zbekistondagi 18 ta oliy ta’lim muassasasida 5—6-sentabr kunlari o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolar ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan o‘zlarining doimiy yashash manzili bo‘yicha onlayn test sinovlarida ishtirok etadi.

Test sinovlarida fuqarolar faqat belgilangan joyda ishtirok etishlari mumkin.

Imtihon topshiruvchilardan onlayn testlarda qatnashish uchun belgilangan joylarga o‘z vaqtida kelish talab etiladi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan to‘g‘ri javoblarga beriladigan ballar quyidagicha taqsimlanadi:

Test topshirish uchun 3 soat vaqt beriladi. Talabgorlarga tegishli ta’lim yo‘nalishlariga mos 2 ta fandan 30 tadan, jami 60 ta savol beriladi.

Imtihon natijalariga ko‘ra, fuqarolarning xorijiy va nodavlat OTMlardan respublika OTMlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha qarorni davlat komissiyasi qabul qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют