» » Video: Qiyinchilik bilan Tesla Model S’ga sig‘gan amerikalik basketbolchi Shakil O’Nil

Video: Qiyinchilik bilan Tesla Model S’ga sig‘gan amerikalik basketbolchi Shakil O’Nil


Bo‘yi 2,16 metr, og‘irligi 147 kilogramm bo‘lgan amerikalik basketbolchi Shakil O’Nil Tesla Model S elektrokarini minishga qaror qildi. Sportchi yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirganiga qaramay, u avtomobilga osonlikcha sig‘magan, deb xabar beradi Motor.

O’Nilning Tesla modeliga muvaffaqiyatli o‘tirishi tasvirlangan video TikTok’da paydo bo‘lgan. Liftbekning balandligi yetarli bo‘lgan, biroq uzunligi biroz kaltalik qilgan: sportchi oyoqlarini bemalol joylashtira olmagan.

“Ilon, Tesla’ni katta bolalar uchun ham yasashni xohlamaysanmi?”, — deya O’Nil kompaniya rahbari Ilon Maskka murojaat qilgan.

Tesla Model S uzunligi 4970 millimetrni, eni 1964 millimetrni, balandligi esa — 1435 millimetrni tashkil etadi. Elektrokar soatiga 97 kilometr tezlikka 2,3 soniyada erishadi, bu Bugatti Chiron’dan ham tezroq degani.

Mavzuga doir: Tesla 1 milliondan ortiq elektromobil sotgan dunyodagi birinchi va yagona kompaniya bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют