» » Xitoyda Tesla Model’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan elektromobil taqdim etildi (video)

Xitoyda Tesla Model’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan elektromobil taqdim etildi (video)


Xitoyning BYD avtomobil ishlash chiqaruvchi kompaniyasi o‘zining yangi Han EV elektrokarini taqdim etdi va Tesla Model 3’ga raqobatchi tayyorlayotganini bildirdi, deb yozadi Express and Star.

Elektromobil iyun oyida Xitoyda sotuvga chiqariladi.

Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, transport vositasi bir quvvatlantirishda 605 kilometrgacha masofa bosib o‘ta oladi. Uning tezligi soatiga 100 kilometrga yetishi uchun 3,9 soniya talab qilinadi.

Elektr sedan 5G aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan DiPilot avtopiloti bilan ta’minlanadi.

Qayd etilishicha, Han EV saloni Tesla saloniga juda o‘xshaydi.

Avtomobilning Yevropa bozorida qachon paydo bo‘lishi noma’lum. Elektrokarning narxi 45-55 ming yevro bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Tesla 1 milliondan ortiq elektromobil sotgan dunyodagi birinchi va yagona kompaniya bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют