» » Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Manzura Yunusova ishdan bo‘shadi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Manzura Yunusova ishdan bo‘shadi


Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Manzura Yunusova o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu xabarni viloyat hokimligi axborot xizmati o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tasdiqladi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Sobiq o‘rinbosar Manzura Yunusova 1971-yil Andijon tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Andijon davlat universitetining tarix fakultetini tamomlab, universitetda assistent, kafedra tadqiqotchisi, kafedra assistenti, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2012—2020-yillarda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Manzura Yunusova shu yilning fevralida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, hokim o‘rinbosari maqomini saqlab qolgandi.

“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Manzura Yunusova o‘z faoliyatini Andijon davlat universitetida davom ettirish mumkin. Lekin qaysi lavozimda bunga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Yunusova xonim 2019-yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan “Andijoncha spektakl” tashkilotchilaridan biri bo‘lishi mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyevning may oyida Andijonga tashrifi davomida u va uning jamoasi ijtimoiy himoyaga muhtoj bir necha ayolni tanlab olib, ularga yangi uy berilganini ma’lum qilgan. Va ayollarning bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berib, hayotdan mamnun ekanligini aytishiga bosh-qosh bo‘lgan. Tashrif yakunlangach esa ayollar kottejlardan chiqarib yuborilganida, Manzura Yunusova hamda uning jamoasining qilmishi jamoatchilikka oshkor bo‘lgan.

Shuningdek, Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25-35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumotlar tarqalishi ham Manzura Yunusova davriga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют