» » Ramzan Qodirov o‘zining 21 yoshli qizini madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi

Ramzan Qodirov o‘zining 21 yoshli qizini madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 21 yoshli qizi Ayshatni respublika madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida farmon imzoladi, deb xabar bermoqda Meduza.

“Ayshatning yangi lavozimga tayinlanishi qat’iy taroziga tortib qilingan qaror. Yosh bo‘lishiga qaramay, u eng murakkab va yirik loyihalarni boshqarish bo‘yicha boy tajribaga ega, shu jumladan madaniyat sohasida ham”, — deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.

Ayshat Qodirova 18 yoshidan buyon 2009-yilda onasi Medni Qodirova tomonidan asos solgan Firdaws modalar uyini boshqarib keladi.

2020-yilning mart oyida Qodirov qizini “Checheniston respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlagan. Ushbu medal “fidokorona mehnati hamda madaniyat va san’at rivojiga qo‘shgan hissasi” uchun berilgani aytilgan.

Qodirovning qarindoshlari Checheniston rahbariyatida yuqori lavozimlarni egallab keladi. 2018-yilda “BBC Rossiya xizmati” mamlakatdagi eng nufuzli 150 nafar amaldorning 30 foizi Checheniston rahbarining qarindoshlari ekanligini qayd etgan.

Mavzuga doir: Ramzan Qodirovning qizi kutubxona binosida restoran ochib, grozniyliklarni g‘azablantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют